Mo'ydin Mamazulumov: "Sehrli tayoqcha" vazifasini bajardim va bundan xursandman"
13 may 2017 12:22
Yangiliklar
Mo'ydin Mamazulumov: "Sehrli tayoqcha" vazifasini bajardim va bundan xursandman"
- Uydagi ilk g'alaba juda zarur edi. CHunki mavsum boshidan beri Farg'onada g'alaba qozona olmayotgan edik. SHu sabablimi, bilmadim, yigitlar biroz hayajon bilan o'ynashdi. Bugun men qandaydir manoda “sehrli tayoqcha” vazifasini bajardim va bundan xursandman. Oxirgi paytlar zahiradan maydonga tushayotganim bois o'zimni ko'rsatishga astoydil harakat qildim va gol urishga muvaffaq bo'ldim. Hujumchini vazifasi gol urish. Men hamisha maydonga gol uraman deb tushaman. Bugun o'z niyatimga etdim.
“Obod” – yaxshi jamoa. Ular Farg'onaga yaxshi tayyorgarlik bilan etib kelishgani ko'rinib turibdi. Faqat toshkentliklarga biroz tajriba etishmayapti deb o'ylayman. Uchrashuvda bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga ham rahmat, - dedi Mamazulumov.
Behruzbek Holiqov suhbatlashdi
Fikrlar