So’nggi yangiliklar

14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  3 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  3 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  3 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  10 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  2 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  9 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  4 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  6 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  3 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  6 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4

Mo'ydin Mamazulumov: “Neftchi”da o'ynashni doim istaganman” Yangiliklar

Mo'ydin Mamazulumov: “Neftchi”da o'ynashni doim istaganman”

Yangi mavsum avvalida “Neftchi” jamoasi o'z tarkibiga Akram Bahriddinov, Muzaffar Muzaffarov, Said Abdujabborov hamda boshqa jamoa safida ijarada bo'lgan Rizo Ayvazov kabi futbolchilarni tarkibga jalb qildi.

Ular qatorida tajribali Mo'ydin Mamazulumov ham bor. Toshkent yig'inida farg'onaliklar safiga kushilgan futbolchi jamoa bilan 1+1 ko'rinishidagi bitimga imzo chekdi. SHartnoma imzolangach futbolchi jamoadagi o'z maqsad va rejalari bilan o'rtoqlashdi.

- “Neftchi” safiga qo'shilishim juda tez sodir bo'ldi. Aslida boshqa jamoadan taklif bo'lgandi va o'sha klub yig'iniga yo'l olayotgan edim. Biroq kutilmaganda “Neftchi”dan taklif bo'ldi hamda farg'onaliklarning chorloviga rozilik bildirdim. 2003-yili “Neftchi”ning yoshlar jamoasida o'ynaganman. SHu klub orqali katta futbolga qadam qo'yganimni aytib o'tishim kerak. Jamoa bilan shartnoma imzolaganimdan xursandman. Yangi mavsumda “Neftchi” o'z oldiga qanday maqsad qo'ysa ushbu maqsad yo'lida o'z gollarim bilan yordam bermoqchiman. Andrey Fyodorov menga ishonishini aytib o'tdi. Uning ishonchini oqlashga harakat qilaman. Mashg'ulotlarda Javohir Rasulov, Abbos Maxstaliev, Umid Qodirov hamda Muzaffar Muzaffarov singari o'yinchilar bilan yaxshi chiqishyapmiz. SHerzod Hakimovni alohida etirof etaman. SHu qatori Baxtiyor Yoqubovni ham avvaldan bilaman. “Neftchi”ning qanday ashaddiy muxlislari borligini hamma yaxshi bilsa kerak. Ular bizni doim  qo'llab-quvvatlab turishsa, biz futbolchilar ular uchun o'ynaymiz, muxlislar uchun g'alaba qozonamiz, - dedi Mo'ydin Mamazulumov

"Neftchi" matbuot xizmati


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика