So’nggi yangiliklar

02:43А Серия. "Милан"дан сўнг "Интер" ҳам 0:2ни 3:2га айлантирган ҳолда ғалаба қозонди  2 00:52Суперлига. "Бунёдкор" ва "Нефтчи" ўртасидаги Тошкентдаги ўйинда 4та гол урилди  0 00:43"Барселона" — "Осасуна" ўйини бугун ўтказилмайди, бунга каталонияликлар тиббий штаби вакилининг вафоти сабаб бўлди  12 00:25Суперлига. "Қўқон-1912" ва "Андижон" ўзаро дуранг ўйнашди  0 00:11Февзи Давлетов: "Ўйиннинг бошида ўтказиб юборилган гол бизга салбий таъсир қилди"  1 00:00А Серия. "Милан" меҳмонда "Лечче"га қарши ўйинда даҳшатли камбэк қайд этди  4 23:57Виталий Левченко: "Чемпионатнинг биринчи ўйини бўлгани учун дастлабки дақиқаларда жамоамда саросима ва ҳаяжон кузатилди"  15 23:23"Манчестер Сити" ўз таркибини "Реал" хавбеки билан кучайтирмоқчи  2 23:00Франция чемпионати. ПСЖ меҳмонда "Ренн"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  4 22:53Александр Хомяков: "Бу ўйин натижасини жанговор дуранг деб ҳисоблайман"  4 22:50Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг адолатли натижа бўлди деб ҳисоблайман"  4 22:30Суперлига. "Қўқон-1912" - "Андижон" 1:1  5 22:27МЮ Матетани сотиб олиш бўйича музокараларни бошлади, "Кристал Пелас" 40 млн фунт талаб қилмоқда  7 22:05АПЛ. Ҳусанов Премьер-лигадаги 5-ўйинини ўтказди, "Манчестер Сити" сафарда мағлуб бўлди  12 22:01АПЛ. "Ливерпуль" "Энфилд"да чемпионат аутсайдерига учта гол урди  6

Mourinyuning short-listidan o'rin olgani, "Yuventus"ning qiziqishi, "SHtutgart"dan tushgan jiddiy taklif, sovg'a sifatida iPhone olgani, ko'rsatgan saxiyligi - barchasi Eldor SHomurodov haqida Yangiliklar

Mourinyuning short-listidan o'rin olgani, "Yuventus"ning qiziqishi, "SHtutgart"dan tushgan jiddiy taklif, sovg'a sifatida iPhone olgani, ko'rsatgan saxiyligi - barchasi Eldor SHomurodov haqida

Rossiyalik videobloger, "KraSava" YouTube kanali boshlovchisi Evgeniy Savin O'zbekistonga, xususan, Eldor SHomurodov o'sib-ulg'aygan Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumaniga keldi.

U O'zbekiston terma jamoasi va "Jenoa" hujumchisi ishtirokida ko'rsatuv suratga oldi. Eldor SHomurodov ishtirokidagi "KraSava"ning maxsus sonidagi etiborga molik savol-javoblarni yozma shaklda etiboringizga havola qilamiz. 


- O'tgan mavsumda Edin Jeko va Aleksis Sanchesdan ko'proq gol urganingizni bilasizmi?

- Yo'q, buni bilmasdim. (SHomurodov 8 ta, Jeko va Sanches 7 tadan – championat.asia)


- Joze Mourinyu "Roma"ga kelgach, uning short-listidan joy olganingizdan xabardormisiz?

- Rostini aytsam, buni eshitmagandim. 


 

- Rostan?

- Ha. Lekin "Yuventus"dan bo'lgan qiziqishdan xursandman, keyingi qadamni u erda tashlash ajoyib bo'lardi. 


- "Jenoa" sport direktori Franchesko Marrokku sizdan ko'p narsa kutayotganini yashirib o'tirmayapti. Yaxshi takliflar bo'lsa, klub sizni qo'yib yuborishga tayyor. Yangi chempionatda oldingizga qanday maqsadlarni qo'ygansiz?

- Men hech qachon o'z oldimga maqsad qo'ymaganman, aksincha, har bir o'yinda yaxshi o'yin ko'rsatishga intilaman. Masalan, 10 ta gol ursam, bundan qoniqqan bo'lardim.


- "Mashal" "Bunyodkor"ni o'z maydonida qabul qilganida Rivaldo bilan qo'l ushlashib maydonga tushgan ekansiz. O'shanda amakingiz (Ilhom SHomurodov) bilan chiqishingiz lozim bo'lgan ekan. O'sha voqea tarixini gapirib bering.

- Men har doim o'yindan oldin amakim bilan chiqib kelardim. O'shanda shunday bo'ldiki, jamoamiz boshqa tarafda turishiga to'g'ri keldi. Keyin aynan men turgan joyga Rivaldo kelib qoldi. 


- Sizning talqiningizda A Seriyadagi TOP-3 futbolchi?

- Men hujumchilarni sanayman: Krishtianu Ronaldu ("Yuventus"), Romelu Lukaku ("Inter"), Zlatan Ibragimovich ("Milan").


- Sizni italiyalik muxlislar juda yoqtirishi bizga malum. "Jenoa" muxlislari bilan bog'liq hayratlanarli voqealardan birini aytib bering.

- "Sampdoriya" bilan o'yin oldidan mehmonxonada yig'ildik. Kechki ovqat payti edi. Mehmonxonada shovqin bo'lib ketdi, o'shanda 3-4 ming muxlis bor edi. Ular derbi oldidan jamoani qo'llab-quvvatlash uchun kelishgan ekan. 


- Italiyaga moslashishingiz qiyin kechgani tabiiy. SHunga o'xshash 3 ta holatni sanang. 

- Birinchisi, insonlar. Mentalitet boshqacha. Ikkinchisi, til. Uchinchisi, ikki oy bir o'zim yashaganim bo'lgan.


- "Rostov"da 10 ta gol urganingizdan keyin "Galatasaroy", "SHtutgart", "Sevilya", "Valensiya" va "Gent"dan qiziqish bo'lgan. Eng jiddiy taklif qaysi jamoadan edi?

- "SHtutgart".


- Nega Germaniya emas, Italiyaga yo'l oldingiz?

- CHunki ular meni qishda sotib olmoqchi bo'lgan, "Rostov"ga esa bu maqul kelmagan.


- Siz "CHelsi"ning muxlisi ekanligingiz hech kimga sir emas. Agentingiz Tkachenkoning "CHelsi" xo'jayini Roman Abramovich bilan ham aloqalari bor. Bu haqda agent bilan gaplashganmisiz?

- Ha, men "CHelsi"ga muxlislik qilishimni aytganman. Rejamiz bo'yicha oxirgi bosqich "CHelsi" bo'lishini gaplashganmiz.


- Sizga Drogba yoqadi. Uni uchratib qolganingizda nima qilardingiz?

- Bilmadim. U bilan rasmga tushgan bo'lardim, lekin bundan ozroq xijolat chekaman.


- Mirjalol Qosimov O'zbekistondagi eng kuchli futbolchi sifatida qaraladi. Undan o'zib ketish uchun nima qilishingiz kerak?

- O'ylashimcha, jahon chempionatiga chiqishim lozim.


- Mirjalol Qosimov, Maksim SHackix, Odil Ahmedov, Eldor SHomurodov... Har bir avlodda top-futbolchilar bor. Nega terma jamoa hech qachon jahon chempionatiga chiqmagan? Nima etishmaydi?

- Tajribali futbolchilar, yaxshi chempionatlarda o'ynaydigan futbolchilar ko'p bo'lishi kerak. Kuchli chempionatda o'ynasangiz, tajriba ortib boradi va futbolchi sifatida o'sasiz. O'shanda hammasi o'xshaydi. Bunga vaqt kerak. Futbolchilarda ham o'ziga bo'lgan ishonch oshib bormoqda.


- Mamlakatning asosiy futbol yulduzi sifatida siz o'zbekistonlik futbol muxlislaridan hayratlangan biror voqeani aytib bering.

- Bir kuni "Bunyodkor"da o'ynab yurganimda OCHL doirasidagi o'yinlardan biri oldidan o'sha paytdagi fan-klub boshlig'i Abdurahmon aka Fozilov oldimga kelib, "ertaga yutsanglar va gol ursang, iPhone sovg'a qilaman", dedi. Biz g'alaba qozondik, gol ham urdim. U kishi vadasida turdi.


SHundan so'ng Evgeniy Savin Abdurahmon Fozilovga murojaat qildi va bir nechta savollar berdi:

- 4 ta iPhone sovg'a qilganingiz rostmi?

- Ha, 4 ta gol uchun 4 ta zamonaviy iPhone sovg'a qilgandim. 

- Fan-klubi bo'yicha O'zbekistondagi TOP-3 klubni sanab bering. 

- "Andijon", "Navbahor", "Paxtakor" va "Bunyodkor". Umuman olganda, Rossiyadan farqli o'laroq, muxlislarimiz madaniyatli va ular tajovuzkor emas.

- Eldor SHomurodovga aloqadorligi bor, hurmatga sazovor holat haqida aytib bera olasizmi?

- Muxlislarning unga bo'lgan hurmati yuqori. Pandemiya davrida "Bunyodkor" yoshlar jamoasi Krasnodardagi musobaqada ishtirok etdi. Turnir to'satdan to'xtab, karantin bo'lib qoldi. Delegaciyada esa pul qolmagan, hamma joy yopiq. Futbolchilar oziq-ovqatsiz qolishdi va juda qiynalishdi. SHomurodov Rostovdan Krasnodarga zudlik bilan etib kelib, 1,5 oy ichida mehmonxona to'lovini-yu, barcha xarajatlarni to'lab berdi. Keyin esa ularni Rostovga olib ketgan va maxsus bortda O'zbekistonga qaytishlariga katta hissa qo'shgan. U bu haqda na Instagram'da, na YouTube'da aytgan. Mutlaqo hech qaerda aytib o'tmagan. 

Reyting: +73   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика