So’nggi yangiliklar

07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  2 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  1 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5

Mourinyudan Gvardiolaga javob Yangiliklar

Mourinyudan Gvardiolaga javob

Joze Mourinyu Xosep Gvardiolaning APL sovrinlari borasidagi so'zlariga javob qaytardi.

1 dekabr kuni "Liverpul" jamoasi "Manchester Siti"ni 2:0 hisobida mag'lub qildi. Ikkinchi bo'limning oxirida "Enfild"dagi muxlislar Pepga qarata: "Ertalab seni istefoga chiqarishadi!", deb baqirishdi. Bunga javoban murabbiy raqib muxlislariga qarata 6ta barmog'ini ko'rsatdi. "SHaharliklar" uning qo'lostida APLni aynan shuncha marta yutishgan.

Keyinroq ijtimoiy tarmoqlarda xuddi shunga o'xshash holatda raqib muxlislariga 3ta barmog'ini ko'rsatgan Mourinyuni rasmini Gvardiolaniki bilan birga ishlata boshlashdi. Joze MYUni boshqarib yurgan kezlari "Tottenxem"dan 0:3 hisobida engilganidan keyin raqib muxlislariga 3ta barmog'ini ko'rsatib APLni 3 bor yutganiga ishora qilgan. Gvardiola esa shu holatga o'z fikrini quyidagicha bildirdi: "U (Mour) APL bosh sovrinini 3 marta yutgan, men esa 6 marta". Mourinyu har uchchala chempionligini "CHelsi" boshqaruvida qo'lga kiritgan.

"Gvardiola mening manzilim sari APL sovrinini olti marta yutganini, men esa 3 marta g'olib bo'lganimni gapiribdi. Lekin, men uchchala chempionligimni ham halol va toza yo'l bilan qo'lga kiritganman.

Agar men yutqazsam raqibni tabriklayman, chunki u mendan yaxshiroq bo'lgani uchun yutgan. 150ta ish ko'rib chiqilayotgan pallada g'alaba qozonishni xohlamayman.

Men g'alaba qozonishni xohlayman, lekin men buni toza va halol yo'l bilan qilishni xohlayman", - dedi "Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyu.


2023 yilning fevral oyida APL "Manchester Siti"ni 2009-2018 yillarda 115ta holatda moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblagan. Bu ish bo'yicha tinglovlar sentyabr oyida boshlangan, hukm esa keyingi yilning bahorida chiqishi kutilmoqda.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика