Mourinyu: “U “Tottenxem”ga kerak deb kim aytdi?”
12 jan 2021 19:50
Yangiliklar


Mourinyu: “U “Tottenxem”ga kerak deb kim aytdi?”
“Tottenxem” ustozi Joze Mourinyu “Arsenal” xavbeki Mesut O'zilga javob qaytardi.
Avvalroq, O'zil “shporlar” safiga o'tgandan ko'ra, faoliyatini tugatishni afzal bilishini aytgandi.
“O'zil “Tottenxem”ga kerak deb kim aytdi?”, degan portugaliyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
O'tgan yil kuzida esa Mesut sovrinlarsiz qolishni istasa “Tottenxem”ga o'tishiga shama qilgandi.
Eslatib o'tamiz, Mesut O'zil va Joze Mourinyu “Real”da birga faoliyat olib borgan.
Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar