Mourinyu Turkiya jamoasiga ustozlik qiladi
31 may 2024 16:39
Yangiliklar
Mourinyu Turkiya jamoasiga ustozlik qiladi
Joze Mourinyu "Fenerbaxche"ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi.
Tomonlar 2 yillik shartnoma bo'yicha kelishib oldilar. Bu haqda italiyalik insayder Janluka Di Marcio xabar bermoqda. Mourinyu Turkiya klubi bosh murabbiyi sifatida Ismoil Kartalning o'rnini egallaydi.
"Fenerbaxche" o'tgan mavsum Turkiya chempionatida 2-o'rinni egallagandi.
Portugaliyalikning so'nggi klubi "Roma" bo'lib, u jamoada 2021 yilning iyulidan 2024 yilning yanvarigacha ishlagan. Bungacha "Tottenxem", "Manchester Yunayted", "CHelsi", "Real", "Inter", "Portu" va boshqa jamoalarda faoliyat yuritgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar