Mourinyu "Tottenxem"ning ECHL finalidagi mag'lubiyati haqida berilgan savolga o'z uslubida javob qaytardi
22 noy 2019 17:59
Yangiliklar
Mourinyu "Tottenxem"ning ECHL finalidagi mag'lubiyati haqida berilgan savolga o'z uslubida javob qaytardi
Kecha Joze Mourinyuning "Tottenxem" bosh murabbiyi sifatidagi birinchi matbuot anjumani bo'lib o'tganidan xabaringiz bor.
Ana shu anjuman davomida mutaxassis - "Men kamtarman" deb aytib o'tdi. Aynan shu gapidan 5 daqiqa o'tib undan o'tgan mavsum ECHL finalida "Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyat "Tottenxem"ga tasir qildimi degan manoda so'rashdi. "Special One" esa savolga o'z uslubida javob qaytardi:
- Men buni bilmayman. CHunki, men hech qachon CHempionlar ligasi finalida yutqazmaganman.
P.S. Joze Mourinyu 2003-2004 yilgi mavsum "Portu" bilan, 2009-2010 yilgi mavsumda esa "Inter" bilan ECHL finalida zafar quchgan.
Fikrlar