Mourinyu: "Tottenxem"dagi birinchi kunimdayoq Eriksen shartnomani uzaytirmasligini aytgan"
01 fev 2020 12:37
Yangiliklar


Mourinyu: "Tottenxem"dagi birinchi kunimdayoq Eriksen shartnomani uzaytirmasligini aytgan"
"U ketishga qaror qilganini allaqachon bilardik. Kristian bilan kelishuvga ko'ra aytishmagan, lekin mening "Tottenxem"dagi birinchi kunimdayoq u menga jamoa bilan shartnomani uzaytirmasligini aytgandi. O'shanda biz janob Levi ("Tottenxem" prezidenti) bilan vaziyatdan chiqish yo'lini qidira boshlagandik.
Motivaciyani yo'qotgan, lekin professional va klubga hurmatni saqlagan o'yinchiga berishim mumkin bo'lgan barcha imkoniyatni taqdim etdim. Janob Levi esa biznes taraflama ko'p narsa qilishga muvaffaq bo'ldi.
Men Tobi Alderveyreldni yangi shartnoma imzolashga ko'ndirishga harakat qildim, u esa menga bazi jabhalarda ikkilanayotganini aytdi. Kristian darhol qaror qabul qilib bo'lganini va uni fikridan hech kim qaytara olmasligi malum qildi. O'sha palladan boshlab men jamoani usiz qurishga harakat qildim", - deya Mourinyuning so'zlarini keltirdi "Goal.com" nashri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar