Mourinyu Sonning jarohati haqida gapirdi
15 mar 2021 14:00
Yangiliklar
Mourinyu Sonning jarohati haqida gapirdi
Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Arsenal" (1:2)ga qarshi o'yindan so'ng hujumchi Son Xyon Minning jarohati haqida gapirdi.
Forvard o'yin boshida jarohat oldi va almashtirildi.
"Sonda mushak jarohati. Bunday jarohat juda ham yoqimsiz bo'ladi. Men hali u uzoq muddatga safga safdan chiqqan yoki chiqmaganligini bilmayman", - deydi portugaliyalik mutaxassis.
Koreyalik hujumchi joriy mavsum APL doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 9ta assist qayd etdi.
"Tottenxem" esa Angliya chempionatida 45 ochko bilan jadvalda 7-o'rinda bormoqda.
Fikrlar