Mourinyu so'nggi 10 yillikda MYUning eng yaxshi murabbiylaridan biri ekan

Aslanov Jasurbek
19 dek 2018, 13:12
Kecha, 18 dekabr kuni portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyu "Manchester Yunayted" bilan hamkorlikni to'xtatdi.

"Qizil iblislar" rahbariyati muvaffaqiyatsiz natijalar tufayli Mourinyuni ishdan oldi. Ammo portugaliyalikning MYUdagi natijalari siz o'ylagandek yomon emas. Statistikaga e'tibor qaratsak, mutaxassis g'alabalar foizi bo'yicha mankunianlarning so'nggi 10 yillikdagi eng yaxshi ikkinchi murabbiyi ekan. "Manchester Yunayted" Mourinyu qo'l ostida 144ta uchrashuv o'tkazib, ularning 84tasida (58%) g'alabaga erishdi, 34ta bahs durang bilan yakunlandi, 28ta o'yin esa muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi.

"Manchester Yunayted" murabbiylarining g'alabalar foizi (2008-2018)

Aleks Fergyuson - 59%

Joze Mourinyu - 58%

Devid Moyes - 53%

Lui van Gal - 52%

Rayan Giggz - 50%

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/engpl