Mourinyu "Roma"dan Abraxam bilan shartnoma imzolashni so'radi
10 avg 2021 09:47
Yangiliklar
Mourinyu "Roma"dan Abraxam bilan shartnoma imzolashni so'radi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoa hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.
Portugaliyalik mutaxassis klubdan "CHelsi" hujumchisi Temmi Abraxam bilan shartnoma imzolashni so'ragan.
London klubi Abraxamni sotishga tayyor, ammo ushbu transferdan 47 million evro ishlab olmoqchi. "Roma" bu narx ko'tarib yuborilgan deb hisoblamoqda va xarid qilish imkoniyati bilan forvardning ijarasi borasida kelishishga urinmoqda.
Hujumchi o'tgan mavsum "CHelsi" safida barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urishga erishdi.
Fikrlar