Mourinyu: "Roma" menga finallarda o'ynash imkonini berdi, "Tottenxem" esa yo'q"
31 may 2023 19:41
Yangiliklar


Mourinyu: "Roma" menga finallarda o'ynash imkonini berdi, "Tottenxem" esa yo'q"
Murabbiy London klubidan bo'shatilganini esladi.
"Roma" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Tottenxem" klubidan ketganini yana bir bor esladi. Klub 2021 yilda Jozeni Angliya liga kubogi finalidan olti kun oldin bo'shatgandi. O'shanda "Siti" londonliklarni finalda kutib turgandi.
"Tottenxem" va "Roma" klublarining farqi haqida so'ralganda Mourinyu quyidagicha javob berdi:
"Roma" menga finallarda o'ynash imkonini berdi, "Tottenxem" esa yo'q", -deydi portugaliyalik murabbiy.
Malumot uchun, "Roma" va "Sevilya" o'rtasidagi Evropa ligasi finali bugun soat 23:59 da o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar