Mourinyu "Roma" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin
27 may 2023 19:32
Yangiliklar
Mourinyu "Roma" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu klub bilan hamkorligini davom ettirishga tayyor turibdi.
"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis jamoa ECHLga chiqadigan bo'lsa, shartnomani uzaytirish variantini ko'rib chiqadi. Bu qarorini u klub rahbariyatiga ham aytib qo'ygan. Hozircha murabbiyga boshqa klublardan takliflar kelib tushmagan.
Mourinyuning "Roma" bilan shartnomasi 2024 yil yoziga qadar davom etadi. Oldinroq uning xizmatlariga PSJ tomonidan qiziqishlar bo'layotgani borasida malumotlar tarqalgandi.
A Seriya yakuniga 2 tur qolganida "Roma" ECHLga yo'llanma beruvchi pog'onadan 4 ochko pastda turibdi. Agarda rimliklar Evropa ligasi finalida "Sevilya" to'sig'idan o'ta olsa, navbatdagi mavsumda ECHLda qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Fikrlar