So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  5 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Mourinyu Pogba haqida: "Hazrati oliylari o'zining "Rolls-roysi"da ketmoqchi edi" Yangiliklar

Mourinyu Pogba haqida: "Hazrati oliylari o'zining "Rolls-roysi"da ketmoqchi edi"

"Real" va "Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu ingliz jamoasida yarim himoyachi Pol Pogba bilan sodir bo'lgan voqea haqida gapirib berdi.

"Biz Manchesterdan 30 km uzoqda joylashgan jamoa bilan o'ynashimiz kerak edi. Pogba mendan o'yindan so'ng jamoa bilan emas, o'z avtomobilida qaytishi mumkinligini so'radi. Men shunday javob berdim: "Agar biz Londonda o'ynasak va sen qolishni istaganingda - bu boshqa gap edi. Ammo Manchester yaqin va iltimosingni qabul qilmayman". Pogba xafa bo'ldi.

Keyin o'yinda g'alaba qozondik va Pol yana o'sha iltimos bilan murojaat qildi. Baxtli ekanligim tufayli biroz u tomon yon bosdim: "Hozir avtobusga o'tir va mashinang haydovchisiga ayt, stadionni tark etganimizdan 10 daqiqa o'tib, bizga etib olsin, keyin xohlagan tomoningga ketaver". U hali ham xafa edi. Matbuot anjumaniga kirib ketdim. Avtobus kelganida uning oldida "Rolls-roys" turardi. Yangi mashina ekan va hazrati oliylari stadionni o'zining "Rolls-roysi"da tark etmoqchi edi. Nima qilishim kerak edi? G'alaba qozonsak xohlaganingni qilaver deymanmi?" - deya voqeani yakunladi Mourinyu.

Reyting: +71   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика