Mourinyu: "Odamlar meni Joze Garri Mourinyu Potter deb o'ylashadi"
13 jan 2024 17:36
Yangiliklar
Mourinyu: "Odamlar meni Joze Garri Mourinyu Potter deb o'ylashadi"
"Joriymavsum bizda ikkita qiyin davr bo'ldi: Birinchisi - chempionatdagi dastlabki uchta tur, 9 ochko o'rniga 1 ochko oldik. Hozir CHempionlar ligasi zonasidan 4 ballga ortda qolyapmiz.
Ikkinchisi - muammolik tarkib bilan "Fiorentina", "Atalanta", "Yuve", "Lacio", "Milan"ga qarshi o'ynaydigan davrimiz. Buni qiyinchilik emas deyish adolatsizlik. O'zingiz istagancha tanqid qiling, ammo hozirgi qiyinchiliklarni unutish - aqlsizlik.
"Kremoneze"ga qarshi yutilgan bahs esingizdami? Himoya chizig'imiz esingizdami? Bugungi ahvolimiz qanday? Kristensen himoyachi emas, Manchini jarohatlangan va himoya markazida o'ynamaydi, Xeysen hali bola, Lorente ertaga o'ynashi mumkin, ammo so'roq ostida.
Biz derbida mag'lub bo'ldik, ammo chempionatda kurashni davom ettiramiz. Biz - "Roma"miz, eng zo'r muxlislar bizda.
Jamoa murabbiyining nomi ancha mashhur, odamlar uni Joze Garri Mourinyu Potter deb o'ylashadi. Bu menga bo'lgan talablarni oshiradi.
"Milan"ga qarshi bahsda qolgan uchrashuvlardagidek bor kuchimiz bilan to'p tepamiz. Afsuski, zaxira o'rindig'ida emas, tribunada bo'laman" - deydi "Roma" ustozi.
Fikrlar