Mourinyu “Liverpul”da jarohatlar ko'payib ketgani haqida: “Ularda faqat bitta jiddiy yo'qotish bor”
15 dek 2020 20:32
Yangiliklar


Mourinyu “Liverpul”da jarohatlar ko'payib ketgani haqida: “Ularda faqat bitta jiddiy yo'qotish bor”
“Tottenxem” ustozi Joze Mourinyu “Liverpul”dagi yo'qotishlar haqida fikr bildirdi.
“Liverpul”ning jarohat olgan futbolchilari ro'yxatini menga ko'rsating va klubning eng zo'r tarkibi bilan uni solishtiring. Ha, “Liverpul”da bitta jiddiy yo'qotish bor – van Deyk. Biroq, ular hali ham eng kuchli jamoa hisoblanadi.
Yaqinda Beyl umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazdi. Zaxiramizda yana bitta mashg'ulot bor. Ammo agar hozirning o'zida uning “Liverpul”ga qarshi bahsda qatnashishi haqida aytadigan bo'lsam, bunga salbiy javob berardim. Ko'ramiz”, deydi Joze.
Eslatib o'tamiz, APL 13-turidan o'rin olgan markaziy bellashuv 16 dekabr kuni “Enfild”da o'tkaziladi.
Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar