Mourinyu ham PSJ boshqaruvini qo'liga olmaydigan bo'ldi
05 iyu 2022 00:12
Yangiliklar
Mourinyu ham PSJ boshqaruvini qo'liga olmaydigan bo'ldi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu o'z joyida qoladi.
Oldinroq PSJ short-listidan portugaliyalik murabbiy ham joy olgani va u kelasi mavsumda jamoa boshqaruvini qo'liga olishi mumkinligi aytilgandi. Ammo Mourinyu Rimda qoladigan bo'ldi va jamoani kelasi mavsum uchun tayyorlaydi.
PSJning yangi sport direktori Luish Kampush "Roma" bosh murabbiyi bilan yaxshi munosabatlarda, ular eski tanish hisoblanadi. Ammo bu holat Mourinyuning PSJda ish boshlashiga sabab bo'lmaydi.
Endi PSJ "Nicca" ustozi Kristof Galte bilan muzokaralar boshlamoqchi.
Fikrlar