Mourinyu Evro-2020ning favoritini aytdi
05 iyu 2021 18:15
Yangiliklar
Mourinyu Evro-2020ning favoritini aytdi
"Jamoangizda Mbappe bo'lsa, yutmaslik juda qiyin. U o'yinni o'ziga oladigan va g'alabalarni yaxshi ko'radigan futbolchi. Raqiblar undan doim hayiqadi.
Mbappe esa maydonda Ronaldu-Messi erasidan keyingi eng yaxshi futbolchi bo'la olishini isbotlashga harakat qilmoqda.
Desham esa nimani istayotganini bilib turibdi. U jahon chempionligini qo'lga kiritdi, Evro-2016 finalida ham o'ynadi. Menimcha, ushbu termaning kutilganidan ertaroq chiqib ketishi - haqiqiy fojea. Deshamning g'oyalari juda jiddiy. Buni har bir futbolchi hurmat qilishi kerak. Aksincha bo'lsa, zaxirada o'tiradi.
Har bir futbolchi tartib-qoidaga amal qilishi, murabbiy ko'rayotgan narsalarni ko'rishi kerak. SHu orqali jamoa yanada kuchayib boradi.
Franciyaning kuchsiz tomonini ko'rmayapman. Agarda mendan turnir favoritini so'rasangiz, Franciya deya olaman. CHunki ularning tarkibi fantastik ko'rinishda", - dedi Mourino.
Fikrlar