Mourinyu: "Diskvalifikaciya bo'lmaganda Mbappe Evropaning eng yaxshi to'purariga aylanardi"
16 may 2019 15:10
Yangiliklar


Mourinyu: "Diskvalifikaciya bo'lmaganda Mbappe Evropaning eng yaxshi to'purariga aylanardi"
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyuning fikricha, PSJ forvardi Kilian Mbappe diskvalifikaciya qilinmaganida "Oltin butsa" uchun kurashda Lionel Messidan o'tib ketishi mumkin edi.
"Mbappe va Neymar dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan hisoblanishadi. Agar Mbappe diskvalifikaciya qilinmaganida u Evropaning eng yaxshi to'purariga aylangan bo'lardi. Neymar ham jarohat tufayli mavsumning yarmini o'tkazib yubordi. SHunga qaramasdan ular boshqa sayyora futbolchilari" - deydi Mourinyu.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar