Mourinyu Borxa Mayoralni "Roma"da olib qolmoqchi
29 avg 2021 00:00
Yangiliklar
"Roma" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu hujumchi Borxa Mayoralni jamoadan ketishini istamayapti. Futbolchining transfer huquqi "Real Madrid"ga tegishli hisoblanadi. Ispan klubi esa Mayoralni "Kristal Pelas"ga transfer qilish niyatida.
"Biz Borxa Mayoralni ushbu mavsumdagi rejalarimizga qo'shganmiz. Ikki donagina hujumchi bilan qolish juda katta tavakkal. U kuchli o'yinchi, o'tgan mavsum ajoyib gollar kiritgan. Mayoral kuchli mehnat qilmoqda, men uni yo'qotishni xohlamayman", -deydi Joze Mourinyu.
Eslatib o'tamiz, Mayoral "Real" tarbiyalanuvchisi, "Roma" uni 2022 yilning yoziga qadar ijaraga olgandi. Forvard o'tgan mavsum rimliklar tarkibida 45ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 7ta assist qayd etgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar