Mourinyu "Bayer" vingerini nishonga oldi
26 may 2021 13:24
Yangiliklar
Mourinyu "Bayer" vingerini nishonga oldi
Leverkuzenning "Bayer" jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Demaray Grey faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
24 yoshli angliyalik futbolchiga "Roma" qiziqish bildirmoqda. Rim klubi ustozi Joze Mourinyu o'yinchini jamoada ko'rmoqchi.
Transfer rimliklarga 2 million evroga tushishi mumkin. Aynan shuncha mablag' futbolchining shartnomasidagi tovon puli bandida yozilgan.
Grey 2020/21 yilgi mavsum "farmacevtlar" safida 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar