Mourinyu Abraxam bilan uni "Roma"ga o'tishga ko'ndirish uchun aloqaga chiqdi. Forvard barchasini Evropa Superkubogidan so'ng hal qiladi
11 avg 2021 16:04
Yangiliklar


Mourinyu Abraxam bilan uni "Roma"ga o'tishga ko'ndirish uchun aloqaga chiqdi. Forvard barchasini Evropa Superkubogidan so'ng hal qiladi
"CHelsi" hujumchisi Temmi Abraxam faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin.
Klublar transfer borasida kelishuvga erishishdi, ammo o'yinchi o'ylab olish uchun vaqt oldi. Angliyalik bilan "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu aloqaga chiqdi va uni transferga ko'ndirishga harakat qildi.
Abraxam "Roma"ning qiziqishini hurmat qiladi, uni Mourinyuning bitimga aralashuvi hayratda qoldirdi. Forvard "Roma"ga barchasini bugun "Vilyarreal"ga qarshi Evropa Superkubogidan so'ng hal qilishini xabar qildi.
Temmi Londonda qolmoqchi, shu sabab unga "Arsenal"ga o'tish varianti qiziq. Ammo, "kanonirlar" dastlab Aleksandr Lyakazettni sotishlari kerak.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar