Mourinyoning iste'fosi borasidagi qiziq holat

Mirjalol Normatov
15 fev 2019, 21:43
Dekabr oyida "Liverpul"ga mag'lub bo'lganidan keyin Joze Mourinyo klub bosh murabbiyligidan ketdi.

"The Sun" nashri portugaliyalik murabbiyning iste'fosi haqida qiziqarli ma'lum berdi.

Ushbu mag'lubiyatdan keyingi kunda Mourinyo klub rahbariyatining oldiga dekabrning ilk kunlaridayoq "Napoli"dan Kalidu Kulibalini transfer qilib berishi borasidagi iltimos bilan borgan. Biroq o'sha vaqtga qadar rahbarlar Jozening iste'fosi borasida bir qarorga kelib bo'lgan ekan.

Mourinyo rahbarlarning xonasiga kirib, avvaliga o'z iltimosini rahbarlarga ma'lum qilgan, ammo u bunga javoban iste'foni qabul qilib olgan, deb yozadi nashr.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun