So’nggi yangiliklar

13:13"Бунёдкор" майдонига нима бўлди? Стадион директори батафсил маълумот берди  2 12:51Маурисио Почеттинонинг кейинги манзили маълум  1 12:26Расман: "Брайтон" Браян Груда трансферини эълон қилди  1 11:56Расмий хабар: Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон учрашуви қайси шаҳарда бўлиши маълум  14 11:50"Жиннихона" — Фердинанд "Челси" ҳақида  4 11:42"Бунёдкор" қоида бузилиш билан гол урди, "Қизилқум"нинг голини хато билан бекор қилишди. Суперлига 15-тур ҳакамлик таҳлили  3 10:50Камавинганинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қачон сафга қайтиши маълум  3 10:23Килиан Мбаппе "Реал Мадрид"даги дебютдан сўнг фикр билдирди  10 09:55Суперлига. Бугун 16-турга старт берилади  3 09:28Ламин Ямальнинг отасини пичоқлаб кетишди  6 09:171:6 учун реванш олинадими? Ўзбекистон терма жамоаси бугун Анголага қарши иккинчи ўртоқлик учрашувини ўтказади  1 09:00Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  1 08:32Кечаги Суперкубокнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  2 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги ярим финалчи аниқланади  3 02:40УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" - "Аталанта" 2:0, Беллингемдан заргарона ассист Мбаппедан гол  1

Mourino Vengerni yana mag'lub etdi: "CHelsi" – "Arsenal" 2:0 Yangiliklar

Mourino Vengerni yana mag'lub etdi: "CHelsi" – "Arsenal" 2:0

Angliya premer-ligasi 7-turidan o'rin olgan "CHelsi" – "Arsenal" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.

CHelsi – Arsenal 2:0
5 oktyabr, 18.05, Stemford Brij

Gollar: Azar 26 penalti, - 1:0. Diego Kosta 79, - 2:0 (Fabregas).
CHelsi – Kurtua (CHex, 23), Ivanovich, Terri, Keyxill, Aspilikueta, Oskar (Villian, 87), Fabregas, E. Azar, Matich, SHyurrle (Obi Mikel, 68), Kosta.
Arsenal – SHchensni, Koselni, CHembers, Mertesaker, Gibbs, Flamini, Uilsher (Rosicki, 82), Ozil, Kasorla (Oksleyd CHemberlen, 68), Sanches (Podolski, 79), Uelbek.
Ogohlantirishlar: Keyxill (20), CHembers (22), Koselni (27), Ivanovich (53), SHyurrle (66), Oskar (86), Uelbek (89).


                                    MATNLI TRANSLYACIYA
                                            
YANGILASH

90+4. O'YIN TUGADI! "CHelsi" ishonchli tarzda "Arsenal"ni mag'lub etdi.

90+2.
Diego Kosta o'yindan tashqari holatda qolib to'pni darvozaga yo'llay olmadi.

90.
O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi

89. Ogohlantirish. "Arsenal".
Uelbek

88.
"Arsenal"ning bugun o'yini umuman chiqmadi. Biron marta CHexning to'pni qiyinchilik bilan qaytgarganini eslay olmayman.

87. O'zgarish. "CHelsi".
Oskar o'rniga Villian tushdi

86.
Podolski chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Petr CHex to'pni ushlab oldi.

85. Ogohlantirish. "CHelsi".
Oskar

83.
"Arsenal" burchak to'pini ishlab oldi. Himoyachilar o'z o'rinlarida

82. O'zgarish. "Arsenal".
Uilsher o'rniga Rosicki tushdi

79. O'zgarish. "Arsenal".
Aleksis Sanches o'rniga Podolski tushdi

78. Fabregas maydon markazidan to'pni jarima maydoni yonidagi Diego Kostaga oshirdi, hujumchi darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib uning ustidan to'pni tashlab qo'ydi - 2:0.

78. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DIEGO KOSTA!

76. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAT! Diego Kosta jarima maydoni ichida to'pni Azarga oshirdi, Edenning chaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!!!

73.
Stadionga Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson ham kelgan. Maydonda nemislardan ko'ra inglizlar ko'proq...

72. Zarbaaa! CHambers!
Hujumga qo'shilgan himoyachi o'ng oyog'i bilan zarba berdi, to'p ustun yuqorisidan o'tib ketdi

68. O'zgarish. "CHelsi".
SHyurrle o'rniga Obi Mikel tushdi

68. O'zgarish. "Arsenal".
Kasorla o'rniga Oksleyd CHemberlen

64.
Flaminining zarbasi! Bu safar zarba yo'liga Oskar o'zini tashladi!

62. ZARBAAAAAAAA! UILSHER!
Uelbekning pasidan so'ng to'p Fabregasga, aniqrog'i uning qo'liga tegib maydonni tark etdi. Hakam burchak to'pini ko'rsatdi

57. SHchensniiiiiiiiii! Azarning chap qanotdan oshirgan to'pi himoyachiga tegib darvozaga yo'naldi, posbon ajoyib reakciya bilan to'pni qaytardi!

53.
"CHelsi"ni ushbu hisob qoniqtiradi, shu bois to'pni o'zida saqlab sekin asta hujum boshlamoqda. "Arsenal" futbolchilari esa shoshishmoqda

51.
Oskar jarima to'pi ishladi. Fabregas to'pni jarima maydoniga uzatdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi, qaytgan to'pni Keyxill darvozaga yo'lladi, yana himoyachilar to'p yo'liga g'ov bo'lishdi

49. ZARBAAAAAAAAAA! Kasorlaning chap oyoqda yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi!


47. "Arsenal"ning hujumi... Kasorlaning pasini Uelbek tushunmadi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'limda "CHelsi" ikki marta, "Arsenal" esa umuman aniq zarba bermapti...

45+4. Dastlabki bo'lim tugadi. Hozircha 1:0. Tanaffus

45+2.
Kasorla jarima to'pini amalga oshirdi, to'pni himoyachilar qaytarishdi

45+1.
"Arsenal" tezkor hujumlar qilmoqda, biroq yakuniy zarba yo'q... Bunday o'yin bilan gol urib bo'lmaydi

45.
Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi

44.
Jarima to'pi hech qanday naf bergani yo'q

43.
"Arsenal"ning qarshi hujumini qaytargan "CHelsi" ajoyib qarshi hujumni tashkil etdi, SHyurlle jarima maydoni ichiga kirayotganida CHambers tomonidan yiqitildi.

39.
Yo'q, Koselni ham maydonga qaytdi. Barchasi joyida

38.
Oskar va Koselni havoda to'qnashib ketishdi, ikkala futbolchining boshi bir biriga tegdi. Oskar o'rnidan turdi. Koselni esa biroz jiddiyroq jarohat olgan ko'rinadi.

37.
Yoaxim Lyovni teleoperatorlar yana bir bor ko'rsatishdi. Qop qora ochkilarni qo'ndirib olgan Lyov o'yinni kuzatmoqda

36.
Ozil jarima to'pini amalga oshirdi, Sanches to'pni to'xtata olmadi

33.
"Arsenal"ning hujumlari ham xavfli ko'rinish ola boshladi

29.
Kasorla chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, bu erda esa Uilsher to'pni darvozaga yo'llash o'rniga CHexga sovg'a qildi

28.
Aspilikuetaning zarbasi aniq chiqdi, lekin SHchensni o'z o'rnida

26. Azar o'zi ishlagan penaltini juda sovuqqonlik bilan aniq amalga oshirdi - 1:0! 

26. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! AZARRRRRR! 1:0!

26. Ogohlantirish. "Arsenal".
Koselni Azarni yiqitgani uchun

26. PENALTIIIIII! Azar penalti ishladi!

24.
Fabregas jarima to'pini amalga oshirdi, Terrining zarbasi noaniq chiqdi

23. O'zgarish. "CHelsi".
Kurtua o'rniga CHex tushdi

23.
Ha, CHex o'z shlemini kiymoqda... Kurtua o'yinni davom ettira olmaydi...afsus

22. Kurtua yana Eva honimni yordamga chaqirdi... unga shifokorlar yordami kerak. Petr CHex tushadi shekilli...

22.
Haqiqiy London derbisi endi boshlangandek go'yo...

21. Ogohlantirish. "Arsenal".
CHambers



19. Opppa! Venger va Mourino dahanaki jangga kirishib ketishdi... Bosh hakam kelib ularni tinchlantirdi

19. Ogohlantirish. "CHelsi".
Gari Kexill

18.
"CHelsi" bosimni kuchaytirmoqda. Hujumlar ketidan hujumlar...

15.
Fabregasning pasidan so'ng Matich zarba berdi, noaniq. Undan oldin Nemanya o'yindan tashqari holatga tushib qolgan edi

14.
Gibbs markazda Azarning tezlanishiga yo'l qo'ymadi

13.
To'pni "CHelsi" futbolchilari uyoqdan buyoqqa tepib yurishibdi... boshqa hech nima bo'layotgani yo'q

11.
Uchrashuv davom etadi...



8. Aleksis Sanches va Tibo Kurtua to'qnashib ketishdi. Sanchesning tizzasi Kurtuaning boshiga tekkandi. Tezda "CHelsi" shifokorlari maydonga tushib Tiboni o'ziga keltirishdi. Barakalla Eva Karneyro honim...

6.
Bugun Fabregas ilk bor "CHelsi" libosida "Arsenal"ga qarshi maydonga tushdi

4.
To'p bilan muomala qilishda "CHelsi" ustun, lekin hozircha umuman xavfli vaziyat yo'q

3.
Lekin ilk zarbani mehmonlar amalga oshirishdi. Aniqrog'i Aleksis Sanches, biroq noaniq

1.
"CHelsi" o'yinni hujum bilan boshladi

O'YIN BOSHLANDI!


- Londondagi o'yinni kuzatish uchun stadionga Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov tashrif buyurgan. "CHelsi" safida Andre SHyurlle o'ynashidan xabaringiz bor. "Arsenal"da esa Ozil bor...

- Aslida soat 18:05da boshlanishi kerak bo'lgan o'yin 15 daqiqaga kechiktirildi. Sabab sifatida muxlislarning tartibsizligi deyilmoqda.

- Mourino va Arsenal o'rtasidagi "jang"ni sizlar bilan birga Narzulla kuzatib boradi. Yaqin 90 daqiqa ichida zerikib qolmaymiz degan umiddaman.

- Barcha futbol muxlislariga yana bir bor assalomu alaykum! London derbisiga xush kelibsiz!

- Uchrashuv soat 18:05da boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика