"The Sun" nashri xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba va jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo o'zaro gaplashmay qo'ydi.
Muloqot esa jamoa murabbiyi Rui Faria orqali bo'lmoqda. Manbaga ko'ra, Mourinyo futbolchiga ishonch bildirmasligini aytgan va shu boisdan tomonlar gaplashmay qo'yishgan.
Eslatib o'tamiz, Pogba yozda boshqa jamoaga o'tishga tayyorlanmoqda.