Mourinyo: "U taslim bo'lmadi"

Eldor Akmurzayev
4 iyun 2019, 00:15
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo Liverpul bosh murabbiyi Yurgen Klopp haqidagi fikrini aytdi.

“G'oliblar muhokama qilinmaydi. Yurgen men nimasi bilandir o'ziga jalb qildi deya olmayman. Sababi, uni ko'pdan beri bilaman. Har qanday omadsizlikka qaramay, u oldinga borishda davom etaverdi. Klopp o'tgan yili YCHL hamda Kubok finalida mag'lub bo'ldi. Shuningdek, APL chempionlik poygasida Manchester Sitiga yutqazdi. Biroq, u taslim bo'lmadi. U mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo'ldi deb ayta olmayman. Yaxshilaridan biri bo'ldi deyishim mumkin”, – deydi Joze.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: RT