Mourino: "Siti" meni qiziqtirmayapti"
04 apr 2018 15:15
Yangiliklar


Mourino: "Siti" meni qiziqtirmayapti"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoasi APLda ikkinchi o'rinda qolishiga ishonmoqda.
"Siti" meni qiziqtirmayapti. Menga jamoamning turnir jadvalida egallab turgan o'rni muhimroq. Biz birinchi o'rinni boy berganimiz kabi ikkinchi pog'onadan tushib ketmoqchi emasmiz. Siz boshqacha o'ylashingiz mumkin, biroq biz ikkinchi o'rin uchun munosibmiz.
Sizlar jamoamni uchinchi, to'rtinchi, hattoki beshinchi o'rindan pastga munosib ko'ryapsiz. Biroq biz "Liverpul", "Tottenxem" va "CHelsi"dan ko'ra ko'proq ochko yig'dik. Biz har bir uchrashuvda ikkinchi o'rin uchun kurashmoqdamiz", - dedi Mourino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar