

Oldinroq Xitoy klubi Runiga haftasiga 1 mln. funt to'lashga tayyor ekanligi e'lon qilingandi.
"Tanlov uning qo'lida. Xitoyga ketayotganlarni tanqid qilishni yomon ko'raman. U yerda ko'p pul to'lashadi. Bu tajriba foydali bo'lishi mumkin. Har bir inson faoliyati davomida ko'p marotaba tanlash imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu haqda u bilan gaplashganim yo'q. Runi klubimiz uchun hali foyda keltirishi mumkin, ammo qarorni u qabul qiladi" - deydi Mourinyo.



