So’nggi yangiliklar

11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  1 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1

Mourino Ronalduning transferiga qarshi Yangiliklar

Mourino Ronalduning transferiga qarshi

“MYU” ustozi Joze Mourino hamyurti, Portugaliya terma jamoasining 32 yoshli sardori Krishtianu Ronalduning manchesterliklar safiga transfer qilinishiga qarshi.

Murabbiy rahbariyatga bu boradagi o'z fikrlarini bildirdi. Krishtianuning yoshining kattaligi, katta transfer summasi (250 million evro) va yuqori maoshi (yiliga 25 million evro) ushbu o'zarishni amalga oshmasligiga sabab qilib ko'rsatilmoqda.

Undan tashqari Mourino shunchaki Ronalduni jamoasida ko'rish niyatida emas. Bu murabbiy va futbolchining “Real”dagi birgalikdagi faoliyatlari yakunida bir birlari bilan yaxshi munosabatda xayrlashishmagani bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin. SHuningdek, Ronalduning o'yinidagi pasayish ham murabbiyning futbolchining transferiga qarshilik qilishiga sabab bo'lishi ham mumkin.

Ammo shunga qarama “Manchester Yunayted” vice-prezdineti Ed Vudvord Ronalduning ortga qaytishiga qiziqmoqda. Mourino esa “Real”ning boshqa bir forvardi Alvaro Moratani o'z tarkibida ko'rmoqchi.

Endi Krishtianu uchun eng maqul varianta bu “PSJ”ga o'tishi bo'lishi mumkin. Ilgariroq parijliklar hujumchi uchun 120 million evro taklif qilishgan edi.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu 14,7 millionlik soliq to'lamaganlikda ayblangani bois “Real”ni tark etishga qaror qilgan. Futbolchining fikricha, Madrid klubi ushbu vaziyatda uni himoya qilmagan.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика