Mourinyo Ronalduning gapini eslatdi

Mirjalol Normatov
28 okt 2018, 15:29
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa hujumchisi Romelu Lukakuning gol ura olmayotgani borasida gapirdi.

"MYU tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri Krishtianu Ronaldu shunday gaplarni aytgandi: gol ura olmaslik o'z idishiga yopishib qolgan ketchupga o'xshaydi. Idishni pastga qaratib, siqsangiz undan ketchup chiqib keladi.

Lukakuda ham kichik kamchiliklar bor. O'sha to'g'rilansa, gollar kelaveradi, kelaveradi. Bu kabi holat barcha futbolchilarda bo'ladi. Uning o'yinidan odamlar zavq olishi kerak. Asosiy muammo shunda.

Lukaku - yaxshi yigit va ajoyib futbolchi. U ko'p ishlab, yana oldingidek ko'plab gollar ura oladi", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports