Mourino: "Rekord ketidan quvmayapman, "CHelsi" shunchaki keyingi o'yinni yutishni xohlaydi"
06 dek 2014 15:47
Yangiliklar


Mourino: "Rekord ketidan quvmayapman, "CHelsi" shunchaki keyingi o'yinni yutishni xohlaydi"
"CHelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino "Nyukasl"ga qarshi Angliya chempionatining 15-tur uchrashuvidan oldin rekord haqida o'ylamayotganini malum qildi.
Bugun "CHelsi" g'alaba qozonchsa 24ta o'yinda mag'lub bo'lmay klub rekordini o'rnatadi.
"Rekord ortidan quvayotganim yo'q, men g'alabani, ochkoni va iloji bo'lsa mavsum so'ngida sovrin yutishni xohlayman. Biz shunchaki keyingi o'yinda g'olib bo'lmoqchimiz. Men o'rnatishni xohlaydigan yagona rekord bu - uch marta bu klub bilan chempionlikni qo'lga kiritish" - deydi murabbiy.

Fikrlar