Mourino “Real”ga qaytishga qiziqmoqda
06 dek 2018 21:01
Yangiliklar
Mourino “Real”ga qaytishga qiziqmoqda
“Manchester Yunayted” ustozi Joze Mourino “Real”ga qaytishi mumkin.
Bu haqda Evening Standard xabar bermoqda.
55 yoshli portugaliyalikning fikricha, “Real” prezidenti Florentino Peres ham Mourino bilan yana hamkorliq qilishga qiziqmoqda.
Mourino 2010-2013 yillarda qirollik klubini boshqargan. Uning qo'l ostida jamoa Ispaniya chempionligi va uch marta mamlakat kubogi hamda Superkubogini qo'lga kiritgan.
Noyabr oyida Santyago Solari “Real” bosh murabbiy etib tayinlanib, klub mutaxassis bilan 2021 yilga qadar shartnoma tuzgan.
Jozening “qizil iblislar” bilan kelishuvi yana bir yarim yil amalda bo'ladi. Angliya OAVlari xabarlariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis bilan ingliz klubi rahbarlari shartnomani bekor qilmoqchi bo'lishsa, Mourino ular bilan ziddiyatga bormoqchi emas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar