So’nggi yangiliklar

Mourino MYUning uch futbolchisini "Roma"ga olib kelmoqchi Yangiliklar

Mourino MYUning uch futbolchisini "Roma"ga olib kelmoqchi

Teglar :  Joze MourinoRoma
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoani APL o'yinchilari bilan kuchaytirmoqchi.

Manbaning xabariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis ilgari birga ishlagan "Manchester Yunayted"ning uch nafar futbolchisini yozda rimliklar safiga jalb qilishi mumkin. Gap mankunianliklar bilan shartnomasi tugaydigan Diogu Dalot, Erik Bayi va Nemanya Matich haqida ketmoqda.

Mourino "Aston Villa" yarim himoyachisi Duglas Luisni ham klub safiga taklif qilishni istaydi, biroq braziliyalik futbolchining transferi dargumon ko'rinadi, chunki "Manchester Siti" va "Arsenal" hamon unga davogarlik qilishmoqda.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Mourino hujumchi Temmi Abrahamni "Roma"ga taklif qilgandi, buning uchun "bo'rilar" "CHelsi"ga 40 million evro to'lagandi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика