Mourinyo MYUga Ikardi yoki Obameyyangni olib kelmoqchi
Aslanov Jasurbek
30 may 2016, 14:16
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo yulduz hujumchi olib kelish niyatida.
Ma'lumotlarga ko'ra, "qizil ilbislar" ustozi "Inter" va Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchilari Mauro Ikardi hamda Per-Emerik Obameyyangga qiziqish bildiryapti. Mourinyo o'z jamoasida Zlatan Ibragimovichni ko'romqchi emas.