So’nggi yangiliklar

19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  0 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  4 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6

Mourino MYUga borganidan keyin jamoada o'zgartirgan 5 jihat Yangiliklar

Mourino MYUga borganidan keyin jamoada o'zgartirgan 5 jihat

Ser Aleks Fergyuson ketayotganida jamoa uchun APLdagi so'nggi titulini olib bergan ekan.

2013 yildan keyin MYU Premer-ligada kuchli uchlikka ham kira olmadi. Undan keyingi murabbiylar esa "Old Trafford"da g'alaba qozonishga ham qiynaldi.

Ser Aleksdan keyin Devid Moyes va Lui Van Gal ham jamoani yuqori darajaga olib chiqa olmadi. Jamoa muxlislari ushbu ikki mutaxassisning ishlarini har doim yomon xotiralar bilan yodga olishadi. Joze Mourino jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olganidan keyin esa MYU bir qator sovrinlarga chiqdi.

U 2016 yilda "Manchester Yunayted"ga bordi. Jamoa u boshqaruvidagi ilk mavsumda 6-o'rinni egalladi, biroq Evropa ligasi va Angliya liga kubogini qo'lga kiritdi.

Keyingi, yani ushbu mavsum ham portugaliyalik va uning shogirdlari uchun alo darajada o'tmoqda. MYU bir necha yillardan keyin APLda kumush medallarni qo'lga kiritishga yaqin, Angliya kubogi finaligacha etib borildi. SHu boisdan ham Joze Mourinoni Ser Aleksdan keyin MYU uchun ideal murabbiy deb atasak bo'ladi.

5. FERGI ERASIDAN KEYINGI ENG YAXSHI POG'ONA

2013/14 yilgi mavsumda Devid Moyes ishlagan yili MYU APLning 7-pog'onasini qo'lga kiritgandi. Uning jamoasi 12 uchrashuvda mag'lub bo'ldi.

Lui van Gal jamoasining ham ishlari yurishmadi. Jamoaning o'yin sifati ham mukammal darajada emas, etakchilar bilan bahslarda "iblislar" irodasiz o'yin ko'rsatardi. Uning qo'l ostidagi jamoa 4 va 5-pog'onani qo'lga kiritdi.

Joze davridagi ilk mavsumda 6-o'rin egallangan bo'lsa-da, "Yunayted"da o'sish ko'zga tashlandi. Barqaror o'yin ko'rsatilmagan bo'lsa-da, muhim natijalar qo'lga kiritildi. Endi esa Fergi erasidan keyin Joze APLdagi eng yaxshi natijani qayd etmoqda.

Hali mavsum yakunlanmagan, natija bundan-da yaxshilay olinadi. MYUning bunga kuchi etadi.

4. BU MAVSUMDAGI QO'LGA KIRITILGAN OCHKOLAR

2013 yildan keyin "qizil iblislar" ilk marotaba 70dan ko'p ochko olishdi. O'tgan yillarda MYU 64, 70 va 66 ochko qo'lga kiritgandi.

Mourino "Old Trafford"dagi ilk mavsumini esa 69 ochko bilan tugatdi.

Ayni damda "Yunayted" hisobida 74 ochko bor. Hali mavsum yakunlanmadi va jamoa kamida 80 ochko to'plash imkoniyatiga ega. Agarda jamoa bundan keyin ham yaxshi natijalarni qayd eta olsa, Mourino MYUda uzoqroq vaqt qoladi. Portugaliyalik murabbiyning o'zi esa keyingi bir necha mavsumlarni shu erda o'tkazmoqchi.

3. KAMBEKLAR

Ser Aleks ketganidan keyin ham MYU kambeklar qila olishini ko'rsatmoqda. O'tgan mavsumda "Midlsbro" jamoasi bilan uchrashuvda "Old Trafford"da 0:1 hisobida yutqazayotgan jamoa asosiy vaqtning oxirgi 5 daqiqaligida ikki bora gol kiritdi.

Bu mavsumda esa "Byornli" (2:2), "CHelsi" (2:1), "Manchester Siti" (3:2), "Tottenxem" (2:1) kabi jamoalar bilan uchrashuvlarda hisobda ortda qolayotgan holda mag'lubiyatdan qutulib qoldi. Jamoa o'sha uchrashuvlarda o'zini qo'lga ola bildi. Futbolchilar murabbiyning ko'rsatmalarini bajara oldi.

Mourino yaxshi jamoani yig'a olgan. U o'z qarorlari bilan futbolchilarni boshqarishni uddalamoqda. SHu boisdan mayli qanday uslubda, qay tariqa bo'lsa ham u o'ziga kerakli natijani qo'lga kiritmoqda.

2. URILGAN VA O'TKAZIB YUBORILGAN GOLLAR SONI

Joze Mourino bu mavsumda etakchi jamoalarga qarshi uchrashuvlarda himoyaviy uslubni tanlayotgani bois, tanqidga uchramoqda. U "Real", "Portu", "Inter" va "CHelsi"da shu tarzda ishlamagandi. Biroq uning taktikasi o'yinga effektiv himoyani taqdim etmoqda va jamoa kam gol o'tkazmoqda.

"Manchester Yunayted" so'nggi to'rt yilgi mavsumda eng ko'p golni kiritdi - 65 gol. Bundan oldingi mavsumlarda esa jamoa 64, 62, 49 va 54 gol kiritgandi. Bu boradagi natijada ham o'sish bor.

SHuningdek, himoyadagi ishlar ham anchagina yaxshi. Jamoa uch mavsum oldin 35 gol o'tkazib yuborgandi. O'tgan mavsumda esa bu natija 29 golga teng bo'lgandi. Bu mavsumda jamoa hozircha 26 gol qo'yib yubordi. Aslida bunga asosiy sababchi - David De Xea. U juda ko'p marta jamoani gollardan saqlab qolishni uddaladi. Muhimi natijada o'z hissasini qo'shmoqda.

1. TOP-JAMOALAR USTIDAN QOZONILAYOTGAN G'ALABALAR

So'nggi yillarda "Yunayted" APLning top-6 jamoasi bilan uchrashuvlarda g'alabaga erishish borasida yaqqol etakchi bo'lmagan.

Joze Mourino jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olganidan keyin "Yunayted" xoh o'z maydonida yoki safarda bo'lmasin "Liverpul", "Manchester Siti", "CHelsi", "Arsenal", "Tottenxem" kabi klublarni mag'lub etishni uddalamoqda. Jamoa gollar urmoqda, uchrashuvlarda to'g'ri taktika bilan o'ynamoqda.

Aleksis va Lukakuning transferidan keyin jamoa hujumida rang-baranglik ko'zga tashlanmoqda. Ular keyingi mavsumda "Manchester Yunayted"ning o'yinini yanada kuchaytira olishi aniq.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика