So’nggi yangiliklar

11:29"Арсенал"нинг ёздаги иккита асосий трансфер мақсадлари маълум бўлди  0 11:07"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Раҳимов Иброҳим  0 10:47ОКМК иккинчи хориж йиғинини Анталияда давом эттиради  0 10:23Расман: Дилшод Жўраев, Ихтиёр Тошпўлатов, Жасур Азимов "Хоразм" футболчиси  1 09:37"Локомотив" Туркияга қандай таркиб билан йўл олди?  1 09:19Sofascore. "Пахтакор" футболчилари "Ал Гарафа" билан ўйинда неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:43Ўзбекистон аёллар терма жамоаси бош мураббийи ўз мамлакатида 2024 йилнинг энг яхшиси бўлди  1 07:30"Пахтакор"нинг "Ал Гарафа" майдонидаги ғалабасиз серияси давом этади  3 03:30Испания кубоги. "Атлетико" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  2 02:31Криштиану Роналду: "Менинг эртагим" (мутолаа учун)  94 01:45"Пахтакор" бош мураббийи Педру Морейра: "Ўйин қийин кечишини билгандик"  18 01:27Элит ОЧЛ. "Персеполис" "Ал Ҳилол"га йирик ҳисобда ютқазди. "Пахтакор"нинг плей-офф учун имкониятлари сақланиб қолмоқда  6 01:05Аббосбек Файзуллаев: "РПЛда чемпионлик учун курашишда давом этамиз"  5 00:38РПЛ Қишки кубоги. ЦСКА "Зенит"га пенальтилар сериясида ютқазди. Файзуллаев 71-дақиқада майдонга тушди  1 00:08Неймар "Сантос"даги илк машғулотига вертолетда келди  5

Mourino MYU muxlislarini hursand qilishi mumkin bo'lgan 5 sabab Yangiliklar

Mourino MYU muxlislarini hursand qilishi mumkin bo'lgan 5 sabab

Bir necha kun oldin Joze Mourino "Manchester Yunayted" bilan shartnoma tuzdi.

Biz klub raxbarlarining to'g'ri qaror qabul qilganini isbotlovchi 5 sababni keltirib o'tamiz.

1. Jamoaga xarakter qaytaradi

Oxirgi vaqtlarda MYU muxlislari bazida chiziq yonidagi nochor Devid Moyesni, bazida doimiy ravishda o'zining falsafiy qarashlarini yon daftariga yozib boruvchi Lui Van Gaalni kuzatib borishga majbur bo'lishdi. Endi bu haqda unutish mumkin, Joze har qanday holatda ham o'z shogirdlarini faol tarzda tayyorlaydi. Futbolchilarni ruhlantira olishda u deyarli tengi yo'q. To'pni maqsadsiz nazorat qilish yakuniga etadi, endi Yunayted futbolchilari murabbiy uchun maydonda "o'lish"ga ham tayyor bo'ladilar. "Qizil iblislar" muxlislari sog'ingan "agressiv futbol" va nihoyat "Old Trafford"ga qaytadi.



2. "Manchester Yunayted"ga top futbolchilarni jalb etadi

So'zsiz, Van Gaalning g'aroyib harakatlari tufayli MYU jahon darajasidagi futbolchilarni qiziqtirishdan to'xtab qoldi. Birgina portugaliyalikning kelishi hammasini o'zgartirib yuboradi. O'zini hurmat qiladigan har ikkinchi futbolchi Mourinodek murabbiy bilan birga ishlashni istaydi. Hozirdanoq Zlatan Ibragimovichning transferi bilan bog'liq mish-mishlar tarqaldi. Har qanday holatda ham yozda jamoaga etarli miqdorda yuqori darajadagi o'yinchilar keladi. SHuning uchun ham muxlislar Fellayni yoki Roxoga o'xshash transferlarning yaqin yillarda bo'lmasligidan erkin nafas olishlari mumkin.

3. Himoyadagi o'yinni yo'lga qo'yadi

Bu mavsumda "Manchester Yunayted" chempionatda hammadan kam - 35ta to'p o'tkazib yubordi. SHunga qaramay, "mankunianliklar"da kamchiliklar etarli bo'ldi. Agar De Xeaning ajoyib seyvlari va Smollingning qahramonliklari bo'lmaganda to'p darvozadan ko'proq o'rin olgan bo'lardi. Qanot himoyachilari Memfis Depayning avtomobillari singari o'zgardi. Van Gaal Bortvik-Jekson va Fosu-Mensa kabi o'smirlarni jalb qildi. So'nggi himoyachi bilan bog'liq qayg'uli vaziyat yuzaga keldi. Mouruno hamisha to'rt himoyachi bilan o'ynagan va bu uslubni juda kam o'zgartirgan. "Portu"dan boshlab "CHelsi"gacha barcha jamoalari himoyadagi o'yin darajasi bo'yicha milliy chempionatda uchinchi o'rindan pastga tushmagan ("CHelsi"dagi oxirgi mavsum bundan mustasno). "Special one" shogirdlari o'z darvozalari oldida maksimal darajada harakat qilishadi va raqib hujumchilari hursandchilik uchun juda kam imkoniyatga ega bo'lishadi.

4. Jamoa hujumini xilma-xillashtiradi

"Benazir"ni antifutbol va zerikarli o'yin uchun ko'p bor tanqid qilishlariga qaramay, uning hujumchilari raqib darvozasini ko'p bor o'qqa tutadi. Dide Drogba, Diego Kosta, Diego Milito, Karim Benzema - bularning barchasi Mour qo'l ostida ajoyib o'yin ko'rsatishgan. MYU endi yuqoridan uzatiladigan manosiz paslar va sekin hujumlardan voz kechadi. Van Gaalning manosiz futboli tezkor qarshi hujumlar, tartibli paslar va xavfli standartlar bilan o'rin almashadi. Mourino qo'l ostida o'yinchilarning o'z imkoniyatlaridan foydalanish darajasi yuqori bo'ladi, shuning uchun ham "iblislar" raqiblariga himoyada oson bo'lmaydi.

5. Yosh o'yinchilar haqida unutmaydi

Joze bosh murabbiy bo'lganida ko'pchilik "Manchester Yunayted"ning yosh o'yinchilari taqdiriga qayg'ura boshladi. Sababi, "Benazir" boshqaruvida ko'plab iqtidorlar o'z imkoniyatlarini namoyish eta olishmagan. SHu bilan birga Varan, Morata, Zuma va boshqa futbolchilar haqida ham unutmaslik kerak-ki, ular aynan portugalikning o'ziga xos boshqaruvi tufayli o'zlarini ko'rsata olishgan. Mourinoda hammasi oddiy: agar futbolchi o'z majburiyatlari va o'yinni nazorat qila olsa yoshidan qati nazar asosiy tarkibda o'ynaydi. Agar futbolchi bilan nimadir joyida bo'lmas, Mour uning statusiga qaramay zaxiraga ravona qiladi. Bunday holat Kasilyas, Mata va boshqalar bilan ro'y bergan. SHuning uchun ham Reshford va Marsial kerakli o'yinni ko'rsata olishsa, ularda o'yin tajribasi bilan muammo bo'lmaydi.

Xulosa

Murakkab fel-atvoriga qaramay, Joze Mourino MYU uchun omadli chorlov bo'ldi. Ajoyib taktik o'ylanmalar, xarizm, o'ziga hos ruhlantirish - bularning bari "qizil iblislar"ga oldingi shuhratni qaytarishga yordam beradi. Birinchi mavsumdanoq sovrinlar "yomg'iri" kafolatlanmagan, lekin har qanday holatda ham Mourino MYU muxlislariga ijobiy his-tuyg'ularni tuhfa etadi.



Xorij saytlaridan Tolibjon Qosimov tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика