Mourinyo: "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin bo'lgan yagona futbolchi - Yang"

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2017, 12:45
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning so'zlariga ko'ra, qishki transfer oynasida jamoani Eshli Yang tark etishi mumkin.

"Biz yo'qotishimiz mumkin bo'lgan yagona futbolchi - Eshli Yang. Qarorni va 31 yanvarni kutyapmiz. Eshlini jamoada olib qolgan bo'lardim. Agar u klubni tark etsa, bundan xursand bo'lmayman, ammo menga jamoani tark etishi mumkin bo'lgan futbolchi u ekanligini aytishdi" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com