So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  2 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  86 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  846 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

Mourino - "Manchester Yunayted" uchun ideal murabbiy...mi? Yangiliklar

Mourino - "Manchester Yunayted" uchun ideal murabbiy...mi?

Teglar :  Manchester Yunayted
2013 yil. "Vest Bromvich" bilan uchrashuvda "Manchester Yunayted" 5:5 hisobidagi durangni qayd etdi. Bu o'yin afsonaviy Ser Aleks Fergyussonning jamoadagi so'nggi uchrashuvi bo'lgandi.

Albatta, jangovorlik, natija, gollar, sovrinlar, umuman olganda barcha-barcha jabhalarda ustunlik qilgan "Yunayted"ning muxlislari uchun bu og'ir holat edi. Mana buyuk Ser Aleks ketganiga 5 yil ham o'tibdiki, uning "Manchester Yunayted"ini hech kim barpo eta olmayapti. Har bir murabbiy - alohida mavzu. Hech kim jamoani oldingi holatiga qaytara olmaydi. Xo'sh, shunday bo'lgan taqdirda kim "qizil iblislar"ni boshqarish uchun ideal nomzod? "Yunayted" muxlislari Jozega ishonishmoqda, biroq ishonmaydiganlari ham juda ko'p. Rostdan ham Mourino MYUni Ser Aleks darajasiga qaytara olarmikin?

Etibor bering, oddiy tarjimonlikda shunday darajaga etishishning o'zi bo'lmaydi. Televizor qarshisida o'tirib olib, Mourinoga aqllilik qilishni hamma biladi. Ammo siz uning o'rnida bo'lganingizda, jamoani bundan-da yuqori darajaga olib chiqa olarmidingiz? Keling, hamma o'z ishini qilsin.

Ayni damda "Yunayted"ning o'yin saviyasi, balkim, 2-o'ringa to'g'ri kelmas. Biroq yana kim jamoani bundan yuqoriroq darajaga olib chiqa oladi? Biz hech kimga yonbosmoqchi emasmiz, ammo portugaliyalikda ulkan tajriba bor. U chempion murabbiy, har doim g'alaba xususida o'ylaydi. "Avtobus" esa g'alaba yo'lidagi asosiy vosita xolos. Joze "Inter", "Real"da ishlab yurganida bu usuldan deyarli foydalanmasdi, ammo uning jamoalari har doim chempionlikka erishgan. "Inter"ga bordi, chempion qildi, "Real"ga bordi, "Barselona" gegemonligini tortib olib, u erda ham bosh sovringa ega chiqdi, "CHelsi"da ham o'rtamiyona saviyali klubni qabul qilib oldi va APL "tojini" qo'lga kiritdi. SHunday natijalarga erishgan inson MYUni boshqarishga noloyiqmi?

Yurgen Klopp boshqaruvidagi "Liverpul" APL turnir jadvalida 3-o'rinda ketmoqda. MYUdan 2 ochko kam jamg'argan, biroq o'yin sifati borasida "qizil iblislar"dan ancha ustun. Unda nega ular MYU bilan o'zaro uchrashuvda g'alabaga erishmadi? Muhammad Salohni-ku o'yinda deyarli ko'rmadik. Albatta, bahs davomida "Liverpul"ning katta ustunligi yaqqol sezildi, biroq natija kimning foydasiga bo'ldi?

Yoki "CHelsi", ular ham o'yin sifati borasida MYUdan ustunroq, biroq APLda 5-o'rinda va 56 ochko jamg'argan, ular ham "Manchester Yunayted" bilan uchrashuvda yutqazdi. Kim ustun ekan? Albatta, shunday darajali tarkib bilan ECHLdagi mag'lubiyat tufayli MYU muxlislari biroz darg'azab. Ammo shuni hisobga oling, jamoa ECHLda o'z oldiga maqsad qo'ymagan, iloji boricha uzoqqa borish kerak, bo'ldi tamom. Ularning joyi 1/8 final ekan, ular bundan ortig'iga loyiq emasdilar.

Yaqinda Joze Mourino 12 daqiqalik monolog o'qigandi. Unda u qanday jamoani qabul qilib olganligi, unga qanday meros qolganligi haqida kuyunib so'zlagandi. Ha, uning so'zlarida jon bor. Undan oldin ishlagan murabbiylar jamoada qanday natijani qayd eta olishgandi? Moyes davrida natijalar o'ta past, jamoa 2013/14 yilgi mavsumda 38 o'yinning 12tasida mag'lub bo'lgandi. "Manchester Siti"ga 0:3, 1:4, "Liverpul"ga 0:3, 0:1, "CHelsi" bilan 0:0, 1:3 hisobidagi mag'lubiyatlar qayd etilgandi. Ko'rib turganingizdek, g'alabalar yo'q.

Undan keyin Van Gal jamoa boshqaruviga taklif etildi. JCHda Gollandiya termasini bronza medallari sari etaklab borgan murabbiyning MYUda ishlari yurishmagan bo'lsa-da, jamoa muhim bahslarda ochkolar ishlay oldi. Misol uchun, uning davrida MYU 4 uchrashuvda "Man Siti"ni 2 marta mag'lub etdi, bir marta durang o'ynab, bir marta yutqazdi. "Liverpul" esa faqatgina dog'da qoldi - 3:0, 2:1, 3:1, 1:0. Biroq turnir jadvalida arang 4 va 5-o'rinlar egallandi. O'yin saviyasi ham unchalik yuqori darajada emasdi.

Albatta, Joze davriga kelib, murabbiylar ham o'zgardi, "Siti"ni Gvardiola, "Liverpul"ni Yurgen Klopp, "CHelsi"ni Antonio Konte qabul qilib oldi.“SHaharliklar” Gvardioladan oldingi mavsumda 4-o'rinni egalladi. “Liverpul” esa 6-o'rinda qayd etilgandi. Klopp boshqaruvidagi ilk mavsumda esa 8-pog'ona qo'lga kiritildi. Kontedan oldin “CHelsi” 10-o'ringacha tushib ketgandi, biroq 2014/15 yilgi mavsumda “aristokratlar” chempionlikka erishgandi. Ayni damda ularning jamoalari shiddatli o'yin namoyish etmoqda. Albatta, ularning davriga qadar ham shu klublar qanday saviyada edi? Yuqori, endi bundan-da yaxshiroq. Joze esa o'ziga qolgan merosdan biroz nolidi. “SpecialOne” oldingi mavsumlarda 7, 5, 6, 4-o'rinni egallab, g'oliblik ruxini yo'qotgan jamoa bilan u birdaniga Evropa ligasini yutib oldi va ECHLga qaytardi. Bu oson ish emas. Buning uchun u APLdan voz kechdi va bor etiborini shu ligaga qaratdi. Natija esa alo. To'g'ri, Fergi davrida siz "Yunayted" bundan yaxshiroq sovrinlarni qo'lga kiritardi, o'yin sifati boshqacha, kuchli o'ynardi deb aytishingiz mumkin. Biroq u endi futboldan ketgan, u davridagi jamoani qaytarish uchun Fergyussonning o'zini qaytarish lozim. Joze – principlari, ambiciyalari kuchli mutaxassis. Hozirgi "Yunayted"ga faqatgina Joze munosibroq, aynan uning jamoalari har doim MYUga qattiq raqobat qilgan va qaysidir manoda bir qancha sovrinlardan mahrum ham qilgan. Bir tomondan o'ylab qarasak, Joze "Yunayted" uchun eng ideal murabbiy!

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика