Mourino Fabregasning "CHelsi" sardori bo'lishi mumkinligiga shama qildi
23 okt 2014 21:24
Yangiliklar


Mourino Fabregasning "CHelsi" sardori bo'lishi mumkinligiga shama qildi
"CHelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino Sesk Fabregasning kelajakda jamoa sardori bo'lishiga shama qildi.
Sesk "aristokratlar"ning 11 o'yinida 2 ta gol va 9 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
"U men o'ylaganimdan ham yaxshiroq bola bo'lib chiqdi. Fabregas haqiqiy professional. Uning 19,20,21 yoshida nega "Arsenal" sardori bo'lganligini endi tushunyapman. Jamoada ekanman, kim bu erda uzoq vaqtdan beri o'ynayotgan bo'lsa o'sha sardor bo'ladi. Lekin, sardor va murabbiy bir-birini tushunishi lozim. Seskning miyasi esa o'yin vaqtida men bilan aloqada bo'ladi", - deydi Mourino.

Fikrlar