Mourino: "Arsenal" futbolchilari Fabregasni qanday kutib olishlarini bilmayman"
25 apr 2015 14:16
Yangiliklar


Mourino: "Arsenal" futbolchilari Fabregasni qanday kutib olishlarini bilmayman"
"CHelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino "Arsenal"ga qarshi o'yinda "to'pchilar" muxlislari yarim himoyachi Sesk Fabregasni qanday kutib olishlarini bilmaydi.
Fabregas 2003 yildan 2011 yilgacha "Arsenal" sharafini himoya qilgan.
"Arsenal" muxlislari uni qanday kutib olishlarini bilmayman, ammo bu borada havotirlanayotganim yo'q. "Manchester Siti"ga o'tgan Frenk Lempard "Stemford Brij"da o'ynaganida u bilan muammolar bo'lmagan. Fabrgas bilan ham shunday bo'lishi mumkin-ku.
U xatto "Kamp Nou"da "Arsenal" futbolkasida o'ynagan, nega endi u "CHelsi" libosida "Emireyts"da o'ynay olmaydi. Agar Seskni yomon kutib olishsa, futbolchimiz bunga tayyor bo'ladi deb o'ylayman" - deydi Mourino.

Fikrlar