Mourino - Angliyada mavsumning eng yaxshi murabbiyi, Azar eng yaxshi futbolchi
22 may 2015 11:58
Yangiliklar


Mourino - Angliyada mavsumning eng yaxshi murabbiyi, Azar eng yaxshi futbolchi
"CHelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino va yarim himoyachi Eden Azar Angliya Premer-ligasining joriy mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi va eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ikkala sovrin ham kutilgan edi, chunki "CHelsi" muddatidan avval Angliya chempionligini rasmiylashtirdi.
Mourino mavsum mobaynida biror marotaba oy murabbiyi bo'lgani yo'q, Azar esa oldinroq jurnalistlar tomonidan yil futbolchisi deb topilgan edi.
Eng yaxshi murabbiy nomiga Mourinodan tashqari Ronald Kuman (Sautgempton), Garri Monk (Suonsi), Nayjel Pirson (Lester) va Arsen Venger (Arsenal) davogarlik qilgan edi. Eng yaxshi futbolchi bo'lish uchun Azarga Jon Terri, Sesk Fabregas, Nemanya Matich (hammasi - CHelsi), Serxio Aguero (Manchester Siti), Davida de Xea (Manchester Yunayted), Garri Keyn (Tottenxem) va Aleksis Sanches (Arsenal) raqobatchi bo'lgan.

Fikrlar