Mourino: "Agar ertaroq gol urganimizda, o'yinimizni butkul o'zgartirardik"
14 mar 2022 10:43
Yangiliklar


Mourino: "Agar ertaroq gol urganimizda, o'yinimizni butkul o'zgartirardik"
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino "Udineze"ga qarshi qo'lga kiritilgan durang (1:1)ni yuqori baholadi.
Rimliklar 94-daqiqada penaltidan hisobni tenglashtirgan uchrashuvdan keyin "Roma" bosh murabbiyi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'sha paytda men o'yladim: Umid qilamanki, bizda g'alaba qozonish uchun hali 2-3 daqiqa bor.
Uchrashuv qiyin ruhda o'tdi. Nazarimda, agar ertaroq gol urganimizda, o'yinni butkul o'zgartirib yuborgan bo'lardik, ammo, afsuski, kechroq to'p kiritdik.
CHempionatdagi mag'lubiyatsiz seriyamizni 8 o'yinga etkazdik – 4 g'alaba, 4 durang. "Udineze" yoki "Sassuolo"ga qarshi durang natija hafsalani pir qildi, deb o'ylash mumkindir, ammo bu mag'lubiyat emas, balki qiyin vaziyatlarda qo'lga kiritilgan qimmatli ochkolar edi”, - dedi Mourino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar