Moura: "Tottenxem" APL chempioni bo'lishiga ishonaman"
30 noy 2018 14:32
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/465087_original.jpg)
![](/upload/storage/465087_220.jpg)
Moura: "Tottenxem" APL chempioni bo'lishiga ishonaman"
"Tottenxem" yarim himoyachisi Lukas Mouraning fikricha, londonliklar APL chempionligi uchun kurashda "Manchester Siti", "Liverpul" kabi klublarga raqobatchilik qila oladi.
"APLni yutish mumkinligiga ishonaman. To'g'ri, buni uddalash juda qiyin, ammo bir necha yil avval "Lester" Premer-liga g'olibi bo'lgan edi-ku. Bu muvaffaqiyatni qaytarish uchun yaxshi imkoniyatga egamiz.
PSJda o'tkazgan so'nggi oylarimni unutdim. "Tottenxem"dagi baxtli damlarimni o'ylashni istayman. O'tgan mavsum professional futbolchi sifatida o'sishga erishdim. Endi tajribaliroq va kuchliroq futbolchiman" - deydi Lukas Moura.
"Tottenxem" APLning 14-turida "Arsenal" bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar