So’nggi yangiliklar

11:33Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими?   1 10:47Юлиан Нагельсман кечаги мағлубиятдан сўнг шогирдларини кескин танқид қилди  1 10:15МЮ Онанани ижарага бериши мумкин  1 09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  15 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  2 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  6 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  8 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  7 07:39ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина, Бразилия ва Уругвай йирик ҳисобда ғалаба қозонди  6 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  9 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  11 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  1 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  5 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  14

Mostovoy O'runovning "Spartak"dagi kelajagi haqida gapirdi Yangiliklar

Mostovoy O'runovning "Spartak"dagi kelajagi haqida gapirdi

"Spartak" sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Mostovoy xavbek Oston O'runovning "Ufa"dagi ijaradan so'ng Moskva klubiga qaytgani haqida gapirdi.

"Agar siz aytmasangiz, men hatto O'runovning "Spartak"da ekanligini va klubga tegishli ekanligini eslamasdim ham. Mantiqan qarasangiz, Oston maydon markazidagi o'yinchi, jamoadagi markaz esa o'yinchilar bilan to'la. SHu sababdan, menimcha, u uchun yana qandaydir variantlar izlashadi".


Sobiq yarim himoyachining so'zlariga ko'ra, unga "Spartak" murabbiylari va rahbariyatini tushunish qiyin.

"Bizda Bakaev kerakmas bo'lib qoldi. Tilni 20 millionga sotib olishdi, u ham kerak bo'lmay qoldi. Ostonni olishganida, bizga kerak deb baqirishdi. Ha, u qaytdi. Ammo, O'runov qaerda va kimning o'rnida o'ynaydi? Ammo, barchasi uning qo'lida. Marhamat qilib, isbotla. Balki, murabbiy uni hozir payqab qolar. Ammo, yana aytaman, barchasi murabbiyga emas, klubdagi insonlarga bog'liq. Ular O'runov bizga kerakmas deyishlari mumkin", — deydi u.


Mostovoy shuningdek 21 yoshli o'zbekistonlik futbolchining "Torpedo" yoki "Ximki"ga ehtimoliy ijarasi haqida gapirdi.

"Katta ehtimol bilan, shunday variant. "Torpedo" Rossiya Premer-ligasida o'zining o'rnini egallash uchun chiqdi. "Ximki" esa amallab ligada qoldi, shu sabab ularga o'yinchilar kerak. Voqealar rivoji shunday ko'rinish olishini istisno etmayman", — deydi sobiq yarim himoyachi.


O'runov o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 17ta o'yinda maydonga tushdi. Xavbekning Moskva klubi bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика