So’nggi yangiliklar

15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  0 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  1 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  7 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0

Moskva kundaligi, 8-kun. "CHerkizovo"da vodiy derbisi Yangiliklar

Moskva kundaligi, 8-kun. "CHerkizovo"da vodiy derbisi

Ortga qaytishimga ham oz qoldi. Kecha Moskvadagi o'quvchilarimizdan biri futbol uchrashuviga taklif qildi.
Haftada bir marta asakalik yigitlar marg'ilonliklar bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib turar ekanlar. Men bugungi “Andijon”ning quyi o'rinlarda yurishiga ko'nikib qoldim va bundan hayratlanmayman ham. Sababi Andijonga haqiqatdan ham yurakdan yordam berishi mumkin bo'lgan futbolchilar, kerakli murabbiyning qo'liga tushmagan holda, boshqa ishlar bilan mashg'ul.

Kechagi o'yinni tomosha qilar ekanman, u erdagi shiddatni oliy ligada ko'rmaganimga ancha bo'lib ketdi. Ikki jamoa safida ettitadan futbolchi, uzunligi 70 metr, darvozasi 5 metr bo'lgan maydonda to'p tepdilar. Jami ikki soat davom etgan o'yinda 10 daqiqa tannafus bo'ldi. Katta futbolda aut, burchak to'pi, jarima zarbasi va simulyaciyalarga ketadigan vaqtni olib tashlasangiz, sof o'yin vaqti 52-58 daqiqaga etadi. Ko'pchilik OCHL o'yinlarida nima uchun "60 daqiqa" yozuvidan foydalanishayotganini tushunmayapti. OFK bu bilan o'yindagi sof o'yin daqiqasini 60 daqiqaga etkazishni rejalashtirgan.

Xullas, bu o'yindagi sof o'yin daqiqasi 80-85 daqiqaga etdi. Jismonan birortasi charchab qolgani yo'q. Keyin o'zim uchun amin bo'ldim, “Andijon” uchun o'ynashi kerak bo'lganlar bozorda, bozorda savdo qilishi kerak bo'lganlar esa klubda ekan.

Asaka jamoasida to'p tepgan ikki futbolchi 1987 yilda tug'ilgan bo'lib, Vagiz Galiulin bilan bitta sinfda tahsil olgan ekan. O'yinini ko'rsangiz edi.

Xuddi shunday Marg'ilon jamoasi. Menga ko'proq darvozabonlari yoqdi. So'nggi paytlarda emas, so'nggi yillarda "Neftchi" jamoasi safidan o'rin olish uchun "erish" kerakligini aytishdi.

Bizda futbolni qachon rivojlantirishimiz mumkin, qachonki o'z viloyatiga jonini beradigan futbolchilarni jamoada saqlab qola bilish orqaligina. Bu kundalikni ikki jamoa o'yinini ko'ra turib yozdim. Aslida har bir viloyatimizning muammosi shunda.


Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика