Moriba Ispaniya termasini emas, Gvineyani tanladi
22 avg 2021 01:24
Yangiliklar
Moriba Ispaniya termasini emas, Gvineyani tanladi
Ilaysh Moriba qaysi terma jamoada o'ynashini o'zi uchun aniqlab oldi.
"Barselona" yarim himoyachisi Ilaysh Moriba Ispaniya emas Gvineya termasi sharafini himoya qiladi. Bu haqida Cadena SER nashri xabar bermoqda.
Moriba Gvineya poytaxti Konakri shahrida tavallud topgan. Ispaniya U17 va U19 termalarida 9 ta o'yin o'tkazishga ulgurgan. Ammo, keyinchalik termada o'ynashni xohlamagan. Ispaniya futbol federaciyasi esa futbolchi va "Barselona" o'rtasida bo'layotgan mojarolar sabab Moribaga qo'llab-quvvatlash mazmunidagi xat jo'natgandi. Ammo, futbolchi deyarli o'z qarorini qabul qilib bo'ldi.
Tez orada, Moriba Gvineya va Bisau termalari o'rtasidagi JCH saralash uchrashuviga chaqirilishi kutilmoqda. Uchrashuv 1 sentyabr kuni o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar