Morata "Yuventus"ga gol ursa, uni nishonlar ekan
20 fev 2019 18:30
Yangiliklar


Morata "Yuventus"ga gol ursa, uni nishonlar ekan
Bir necha yil oldin "Yuventus"da to'p tepgan, hozir "Atletiko" sharafini himoya qilayotgan Alvaro Morata CHempionlar ligasi 1/8 final o'yinida sobiq jamoasiga gol ursa, uni nishonlar ekan.
"Biz yaxshi o'yin o'tkazish haqida o'ylayapmiz. O'z stadionimizda to'p tepish oson emas. "Atletiko" safidagi birinchi golimni "Yuventus"ga ursam nishonlayman. Turinda bu ishni qilmagan bo'lardi, ammo bu jamoa futbolkasidagi ilk golim men uchun katta ahamiyatga ega. "Yuventus" g'alaba qozonishini istayman, ammo bizga qarshi bahsda emas. Golni nishonlasam "Yuventus" ishqibozlari meni tushunadi deb o'ylayman" - deydi Morata.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar