Morata o'zini tutishi uchun kechirim so'radi (+VIDEO)
20 apr 2018 11:12
Yangiliklar
Morata o'zini tutishi uchun kechirim so'radi (+VIDEO)
"CHelsi" forvardi Alvaro Morata APLning 31-turida "Byornli" ustidan qozonilgan g'alaba (2:1) borasida fikr bildirdi va ikkinchi bo'limdagi o'zini tutishi uchun kechirim so'radi.
Ispaniyalik hujumchi uchrashuv davomida bir nechta imkoniyatlardan foydalana olmadi va ikkinchi bo'limda ko'klar ustozi Antonio Konte uni zaxiraga olganida, Morata murabbiy qaroriga jahl qilib, butsasini otib yubordi.
"CHelsi" muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi. "Byornli" ustidan qozonilgan g'alaba - "Sautgempton"ga qarshi o'yinga tayyorlanishning eng yaxshi uslubi. Zaxiraga olinganimdagi hissiyotlarim uchun kechirim so'rayman. Omadsizlikka uchrasam, o'zimdan g'azablanaman" - deydi Morata.
Morata butsa otgan vaziyatni Telegram kanalimizdan ko'chirib olishingiz mumkin: TELEGRAM
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar