Morata: "Kovachich - dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri"
11 avg 2018 16:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/448227_original.jpg)
![](/upload/storage/448227_220.jpg)
Morata: "Kovachich - dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri"
"CHelsi" forvardi Alvaro Morata "aristokratlar" "Real"dan ijaraga olgan Mateo Kovachich haqida fikr bildirdi.
"Birinchi navbatda Kovachich - ajoyib inson. Futbol tomondan oladigan bo'lsa, u ajoyib texnikaga ega va to'p bilan yaxshi harakat qila oladigan yarim himoyachi. U bilan to'pga egalik qilish foizini oshiramiz. Mateo o'zining o'tkir paslari bilan hujumni yanada xavfliroq qila oladi. Kovachichning transferi juda muhim, chunki "CHelsi"da faqat eng yaxshilar o'ynashi kerak.
Madridda u menga ko'plab ajoyib paslar bergan. Biz birga o'ynashni yaxshi ko'ramiz va Mateo bu erda ekanligidan xursandman. Kovachich - dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri.
U Londonga kelganimda jamoadoshlarim ko'nikishga yordam berishgan. Endi men ko'maklashadigan vaqt keldi" - deydi Morata.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar