Morata: "CHelsi"da kuchayishga, "Real"ga qaytmaslikka umid qilaman"
20 iyu 2017 08:08
Yangiliklar
Morata: "CHelsi"da kuchayishga, "Real"ga qaytmaslikka umid qilaman"
"CHelsi" futbolchisi Alvaro Morata jamoasini o'zgartirganidan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Judayam xursandman. Xudo xohlasa payshanba kuni menga doimo qiziqqan "CHelsi" safida bo'laman.
"Real"ga qaytaman deb o'ylamayman. Klubni almashtirish maqsadim bo'lgandi. Mavsumoldi yig'inlar oson bo'layotgani yo'q. Tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tmagunimcha hotirjam bo'lmayman.
Umid qilamanki, "CHelsi"da omadim keladi. Hali o'z o'yinimni kuchaytira olaman. Agar bunday o'ylamaganimda "Real"da ketmasdim. Zidanga minnatdorchilik bildiraman.
Meni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. "Real"ga doim yaxshiliklar tilayman", - deydi Alvaro Morata.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar